🏥 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi "Adolat" SDP deputatlari Dosova Gulxumar Quranbayevna, Kalandarov Azamat Shermetovich hamda Kengash kotibiyati xodimi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich tomonidan Shovot tumani Sog‘liqni saqlash bo‘limida hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi.
📌 Uchrashuvda sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati muhokama qilindi. Shuningdek, tibbiyot muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.
✅ Uchrashuv yakunida sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlash, deputatlik nazoratini samarali tashkil etish hamda aholining tibbiy xizmatlardan mamnunligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar bildirildi.