35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 Chekka qishloqdagi madaniyat markazlari deputatlar nazoratida
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING DOIMIY KOMISSIYALARI TARKIBI YANGILANDI
янв.21
🩺 BOLALAR SARATONIGA QARSHI KURASH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
янв.21
📋🤝 IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
📢🤝 DEPUTAT SAYLOVCHILARI BILAN HISOBOT UCHRASHUVI O‘TKAZDI
янв.21
📍 Ko‘chama-ko‘cha o‘rganish — muammolarni joyida hal etishning eng samarali yo‘li
янв.21
📊 SHOVOT TUMANIDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH DASTURLARI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: QONUNLAR VA HAMKOR TASHKILOTLAR
янв.21
🤝 HAMKORLIK UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
янв.21
Deputat faoliyatida qonunchilik ijrosi – ustuvor yo‘nalish
#Kengash_faoliyati #olti_oylik_yakun 📈Raqamlar ortidagi natijalar: Termiz shahar Kengashining birinchi yarim yillik faoliyati sarhisob qilindi
Xalq vakillari tomonidan qabul qilingan har bir qaror va chora-tadbir zamirida inson qadrini ulug‘lash hamda shahar hayotini tubdan yaxshilash maqsadi yotadi.

💬O‘tgan 6 oy mobaynida Kengash o‘z ishini tizimli va samarali tashkil etdi. Xususan:

🟢5 ta shahar Kengashi sessiyasi o‘tkazildi;

🟢58 ta dolzarb va hayotiy masala ochiq muhokama qilinib, ular yuzasidan shahar rivojiga xizmat qiluvchi qarorlar qabul qilindi.

💬Kengash sessiyalarida tasdiqlangan qarorlar raqamlar emas, balki shahar aholisining kundalik hayotida o‘z aksini topmoqda:

🟢Infratuzilmani yaxshilash: Ichki yo‘llarni asfaltlash, elektr ta’minoti tizimini yangilash va ko‘chalarni obodonlashtirish ishlarini tizimli moliyalashtirish;

🟢Tashabbusli budjet" shaffofligi: Aholi tomonidan ilgari surilgan g‘olib loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish ustidan deputatlik nazoratini o‘rnatish;

🟢Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash: Ijtimoiy reyestrdagi ehtiyojmand fuqarolarga manzilli va tizimli ko‘mak berish.

🫥"Kengash faoliyatining bosh mezoni — aholi roziligi, ochiqlik va amaliy natijadorlikdir!"

💬Deputatlarimiz har bir mahallada "xonadonbay" ishlash tizimi orqali xalq ichiga kirib borib, muammolarni sessiya muhokamalariga olib chiqmoqdalar va ularning ijro organlari tomonidan ijro etilishini qat'iy nazorat qilmoqdalar.