35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 Chekka qishloqdagi madaniyat markazlari deputatlar nazoratida
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING DOIMIY KOMISSIYALARI TARKIBI YANGILANDI
янв.21
🩺 BOLALAR SARATONIGA QARSHI KURASH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
янв.21
📋🤝 IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
📢🤝 DEPUTAT SAYLOVCHILARI BILAN HISOBOT UCHRASHUVI O‘TKAZDI
янв.21
📍 Ko‘chama-ko‘cha o‘rganish — muammolarni joyida hal etishning eng samarali yo‘li
янв.21
📊 SHOVOT TUMANIDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH DASTURLARI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: QONUNLAR VA HAMKOR TASHKILOTLAR
янв.21
🤝 HAMKORLIK UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
янв.21
Deputat faoliyatida qonunchilik ijrosi – ustuvor yo‘nalish
Deputat_so‘rovi

Deputat_so‘rovi

Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi deputati tomonidan Chotqol mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘tkazilgan o‘rganishlar hamda fuqarolar murojaatlari asosida aniqlangan muammolar yuzasidan ijro hokimyat organlariga shahar hokimining birinchi o'rinbosari Y.Naraliyevga deputat so‘rovi yuborildi.

O‘rganishlar davomida Chotqol MFY Samarqand ko‘chasining 50-uydan 58-uygacha bo‘lgan 350 metr uzunlikdagi ichki yo‘lning shag‘al qoplamali ekani, yo‘lning bugungi kunda transport vositalari va piyodalar harakatlanishi uchun noqulay holatga kelgani aniqlandi.

Deputat so‘rovida mazkur yo‘lni mutaxassislar ishtirokida qayta o‘rganish, uni asfaltlashtirishni tegishli hududiy dastur yoki manzilli ro‘yxatga kiritish hamda zarur mablag‘lar ajratilib, amaliy ishlarni tashkil etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish so‘ralgan.

Mazkur masala yuzasidan deputat so‘rovi ijrosi belgilangan tartibda nazoratga olinib, tegishli tashkilotning qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma javobi kutilmoqda.