35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 📋 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📊 SHOVOT TUMANIDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH DASTURLARI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
📋 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
Xavfsizlik va qonun ustuvorligi – tinch va barqaror jamiyat poydevori
янв.21
Fuqarolik jamiyati va xavfsizlik – qonun ustuvorligi yo‘lida
янв.21
📍 Deputat tomonidan “UZTEX GROUP” MChJ shaklidagi qo‘shma korxonasida xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratidagi qonunlar — qonun ustuvorligi va taraqqiyot kafolati
янв.21
📍 Deputat o‘z saylov okrugi hududida ko‘chama ko‘cha yurish orqali yangi tashkil etilgan tadbirkorlik obyektlari faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
📢🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI QARORI 🇺🇿
янв.21
🤝 YOSHLAR MASLAHAT GURUHI TOMONIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
#Chinoz_tumani #Mahalla_yettiligi—Kengash—Senat” uch boʻgʻinli hamkorlik.


Hududlarni rivojlantirish borasida belgilangan vazifalar ijrosi hamda “Mahalla yettiligi” – Kengash – Senat” uch bo‘g‘inli hamkorlik tizimi samaradorligini yanada oshirish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va “mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorligini mustahkamlash maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V sonli Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Chinoz tumanida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga "O'zLiDep" partiyasidan 18-Sutbuloq okrugidan saylangan deputat Abduvohid Turdiboyev 2026-yil 9-iyul kuni “Sutbuloq” mahallasida bo'lib, mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va ijtimoiy xodim hamda xotin qizlar faollarining belgilangan vazifalarni oʻzaro hamkorlikda bajarishini yoʻlga qoʻyish bo'yicha ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, "Sutbuloq" MFY mahalla yettiligi a'zolari hamkorligida;

- Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida kredit va subsidiyalar ajratilishida koʻmaklashish, bu borada tijorat banklari bilan hamkorlikda ishlash;
- “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga belgilangan mezonlar asosida moddiy yordam, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va oʻzini oʻzi band qilish uchun subsidiyalarni toʻgʻri ajratish (asbob-uskunalar, mehnat qurollari, urugʻlik va koʻchatlarni xarid qilish va boshqa);
- Xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, bilim va koʻnikmalarni egallashda ularga koʻmaklashish va ragʻbatlantirish boʻyicha;
- mahalla hududida kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash, huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga barham berish boʻyicha qonunchilikda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- aholiga davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmat va yordamlar toʻgʻrisida, shuningdek, aholining mazkur xizmatlardan foydalanishga boʻlgan huquqlari boʻyicha tushuntirish berish yo'nalishlarida jadal ishlar amalga oshirilmoqda.


Shuningdek, tumandagi deputatlar tomonidan mahallalarda aholi bilan uchrashganda davlatimiz tomonidan insonlar va xalqimiz manfaati va farovonligi yo‘lida qabul qilinayotgan Qonun hujjatlari, Prezident Farmon va Qarorlari, Oliy Majlis Senati Qarorlari va hujjatlarining mazmun-mohiyati va maqsad, vazifalari atroflicha tushuntirib kelinmoqda.

Slide 1 of 3