Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🥛🔍 OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI YO‘NALISHIDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI

👥 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan deputat T.Yaqubov, Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov, Uzunko‘l MFY raisi M.Qo‘chqarova hamda hokim yordamchisi J.To‘raboyev ishtirokida **"Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida"**gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–1023) ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
🏭 O‘rganish davomida Uzunko‘l mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan, sut mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan oilaviy korxona faoliyati ko‘zdan kechirildi.
📋 Jarayonda:
🥛 sut mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi;
🧼 sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi;
📦 mahsulotlarni saqlash va qadoqlash holati;
✅ amaldagi qonunchilik talablarining ijrosi atroflicha o‘rganildi.

Slide 1 of 4