"Ishbilarmon ayol–2026" tanlovi Respublika miqyosida yoritildi
O‘zLiDePning "Xalq bilan birga" umummilliy dasturi doirasida o‘tkazilgan "Ishbilarmon ayol–2026" ko‘rik-tanlovining Kogon shahar bosqichi mamlakat miqyosida keng yoritildi.
Tanlovda faol tadbirkor xotin-qizlar o‘z biznes loyihalari, innovatsion g‘oyalari hamda mahalliy mahsulotlarini namoyish etib, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish borasidagi yutuqlari bilan e’tirof etildi. Tadbirning Respublika miqyosida yoritilishi Kogon shahrida tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish borasida olib borilayotgan ishlarning yana bir e’tirofi bo‘ldi.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati