35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 📋 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📋 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📊 SHOVOT TUMANIDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH DASTURLARI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Fuqarolik jamiyati va xavfsizlik – qonun ustuvorligi yo‘lida
янв.21
Xavfsizlik va qonun ustuvorligi – tinch va barqaror jamiyat poydevori
янв.21
📍 Deputat tomonidan “UZTEX GROUP” MChJ shaklidagi qo‘shma korxonasida xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratidagi qonunlar — qonun ustuvorligi va taraqqiyot kafolati
янв.21
📍 Deputat o‘z saylov okrugi hududida ko‘chama ko‘cha yurish orqali yangi tashkil etilgan tadbirkorlik obyektlari faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
📢🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI QARORI 🇺🇿
янв.21
🤝 YOSHLAR MASLAHAT GURUHI TOMONIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🤝 Sherobod tumanida ta’lim sohasida hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

📍 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi raisi O. Tursunov hamda Sherobod tumani hokimining o‘rinbosari A. Pirmatov Sherobod tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida bo‘lib, ta’lim sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazdi.

📚 Uchrashuv davomida maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, ta’lim sifatini oshirish, sohada o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

📄 Shuningdek, hamkorlikni samarali tashkil etish va uni huquqiy jihatdan mustahkamlashga qaratilgan tegishli hujjatlar ko‘rib chiqilib, ularning mazmuni va amaliy ahamiyati muhokama qilindi.

🎯 Tomonlar kelgusida ta’lim tizimini rivojlantirish, yosh avlodning sifatli ta’lim olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda belgilangan vazifalarni hamkorlikda izchil amalga oshirish yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishdilar.

✅ Mazkur uchrashuv ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, davlat organlari va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda hududda ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan muhim muloqotlardan biri bo‘ldi.

Slide 1 of 4