Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Hayit ayyomi arafasida ehtiyojmand oilalarga yordam ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyat mudiri Q.O‘tayev hamda deputat B. Suyunovlar tashabbusi bilan Birlik va Yurtdosh mahallalarida istiqomat qiluvchi, kambag‘allik reyestrida ro‘yxatda turuvchi fuqarolar holidan xabar olindi.
Jumladan, fuqarolar Bekbutaeva Kunduzoy hamda Abduolimov Dilshodlarga Hayit bayrami arafasida oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi. Ushbu ezgu tashabbus orqali ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga bayram shukuhi va mehr-e’tibor ulashish maqsad qilindi.
Mazkur xayriya tadbiri xalqimizga xos mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik qadriyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3