Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

👩‍⚖️ Xotin-qizlar faollari faoliyati o‘rganildi

📍 O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”**gi Qonuni (O‘RQ–561) hamda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”**gi Qonuni (O‘RQ–562) ijrosi doirasida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi O‘zLiDeP deputati M.Yaxshimuratova, tuman Kengashi kotibiyati xodimi U.Ruzmetov hamda Idaliqal’a MFY xotin-qizlar faoli bilan birgalikda mahallada xotin-qizlar yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, bandligini ta’minlash hamda muammolarini o‘z vaqtida aniqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🤝 Shuningdek, ehtiyojmand xotin-qizlar bilan ishlash, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
✅ Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2