Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati S.Abduvaliyeva tomonidan Qurbon hayiti munosabati bilan Navruz mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar holidan xabar olinib, ehtiyojmand oilalarga mehr va e’tibor ko‘rsatildi.
Jumladan, mahalla fuqarosi B.Tajibayevaga bayram munosabati bilan oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Mazkur ezgu tashabbus xalqimizga xos saxovat, mehr-oqibat va insonparvarlik qadriyatlarining amaldagi ifodasi bo‘lib, bayram ayyomida aholi kayfiyatini ko‘tarish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.