Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🔰Nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

🔸Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining "Qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi raisi B.Toshpo‘latov hamda shahar Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi aʼzosi N.Xosilmurodov, komissiya a‘zolari, deputatlar va soha ekspertlari ishtirokida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

🔸Tadbir davomida navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritilgan masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, deputatlar "O‘rda ekologik bog‘i" va "Sh.Rashidov, X.Olimjon va Zulfiyaxonim xiyobon" larida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash hamda mazkur hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish maqsadida amalga oshiriladigan ishlar uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanish holatini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdi.

🔸Deputatlar va ekspertlar byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi hamda qurilish sifatini o‘rganib, navbatdagi sessiyasi uchun tavsiyalar ishlab chiqdilar. Byudjet mablag‘laridan foydalanishda shaffoflikni taʼminlash borasidagi bunday nazorat tadbirlari davom ettiriladi. 

Slide 1 of 4