Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining tegishli qarori asosida tumanda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, fuqarolar muammolarini tezkor va samarali hal etish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi.
🤝 Qarorga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlarida murojaatlar bilan ishlash holati muntazam o‘rganilib, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, murojaatlar sabablarini bartaraf etish hamda rahbarlarning shaxsiy qabullarini samarali tashkil etish vazifalari belgilandi.
📋 Shuningdek, “mahalla yettiligi”, Xalq qabulxonasi, adliya va prokuratura organlari bilan hamkorlikda murojaatlar tahlili olib borilib, sayyor qabullar tashkil etilishi, aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilishi hamda muammolarni joyida hal etish choralarini kuchaytirish rejalashtirilgan.
✅ Mazkur chora-tadbirlar fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, murojaatlar bilan ishlash sifatini oshirish va aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etishga xizmat qiladi.
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi
Telegram | Web-sayt | Facebook | You tube