Yangiliklar

🏛📌 DEPUTAT SO‘ROVI

📍 Shovot tumani Turkiston ko‘chasida o‘rnatilgan chiqindi konteynerlari va chiqindi qutilarining o‘z vaqtida bo‘shatilmayotgani natijasida chiqindilar to‘planib qolmoqda hamda hududning sanitariya va estetik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 🚮❗️
✅ Shu munosabat bilan Turkiston ko‘chasi bo‘ylab joylashgan chiqindi yig‘ish vositalarini muntazam ravishda bo‘shatish, hudud sanitariya holatini yaxshilash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish so‘raldi.
📨 Qonunchilikka muvofiq, mazkur deputat so‘roviga 10 kun muddatda yozma javob taqdim etilishi belgilangan.
✍️ Masharipov Izzat Masharipovich
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati.
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi
Telegram | Web-sayt | Facebook