Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌳🌿 Istirohat bog‘idagi sharoitlar deputat nazoratida 🌿🌳
янв.21
🎥Deputat faoliyati va tumandagi islohotlar e’tibor markazida
янв.21
📌 “Mahalla — islohotlar markazida: mahalliy vakillik organlari va “mahalla yettiligi”ning hamjihat faoliyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
🗑🌿 Chiqindilarni olib chiqish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏗🏫 1-son DMTTda qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
🏘🌳 Yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
📚🏫 4-son DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
📍 SHOVOT TUMANIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
✅ Shovot tumani Kengashi qarori (qisqa va chiroyli)
янв.21
📌 Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi deputati, doimiy komissiya raisi Maxmudova Baxtinisa Zuxriddinovna o‘zi saylangan okrugdagi “Istiqbol” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan o‘rganishlar olib bordi.O‘rganishlar davomida “Istiqbol” MFY xotin-qizlar faoli N. Alimova tomonidan mahallada xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish va ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.Ma’lum qilinishicha, 2026-yilda xotin-qizlarning
bandligini ta’minlash maqsadida 38 nafar xotin-qiz ish bilan ta’minlangan.Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi 9 nafar xotin-qizga jami 213 million so‘m miqdorida kredit ajratilgan. Shuningdek, kasb-hunarga o‘qishga qiziqish bildirgan 3 nafar xotin-qiz o‘qitilib, ularga sertifikatlar topshirilgan hamda o‘zini o‘zi band qilishi uchun amaliy ko‘mak ko‘rsatilgan.Deputat mahalla xotin-qizlar faoli faoliyatining samaradorligiga alohida e’tibor qaratib, oilaviy muhitni mustahkamlash,ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.Yakunda aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirilib, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish zarurligi ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 3