👥 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi raisi J.Babajanov hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov tomonidan tumandagi Katqala mahallasining Billur va Beglar ko‘chalarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.
📜 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-sonli qarori ijrosi doirasida hamda mahalla fuqarolar yig‘ini kengashining qaroriga asosan mazkur ko‘chalarning 1 kilometr qismiga mayda tosh yotqizish uchun 40 million so‘m mablag‘ ajratilgan.
🛣🔨 O‘rganish davomida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari hamda yo‘llarning sifat ko‘rsatkichlari ko‘zdan kechirildi.
✅ Mutasaddilar tomonidan ishlarni belgilangan muddatlarda, sifatli va samarali yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🌳🏡 Mahallalarda infratuzilmani rivojlantirish, ichki yo‘llar holatini yaxshilash va aholi uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. 🚜✨