Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 15-19-iyun kunlari hududlarda quyidagi tadbirlar rejalashtirilgan:
янв.21
📊🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI TOMONIDAN 2026-YIL 8–12-IYUN KUNLARI AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLILI
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati O.Yo‘doshova hamda Davlat xizmatlari markazi xodimlari bilan Royat mahallasi aholisi ishtirokida sayyor uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATI – DEPUTAT NAZORATIDA!
янв.21
🏢 KO‘P QAVATLI UYLARDA YASHASH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
💧 TOZA ICHIMLIK SUVI – DOLZARB MASALA
янв.21
🏛 SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI – DEPUTAT NAZORATI OSTIDA
янв.21
🏛📚 DOLZARB 90 KUN DOIRASIDA O‘RGANISH ISHLARI
янв.21
🏛📚 DOLZARB 90 KUN DOIRASIDA UCHRASHUV
янв.21
🎉 Yoshlar uchun 369,5 million so‘m ajratildi!
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati O.Yo‘doshova hamda Davlat xizmatlari markazi xodimlari bilan Royat mahallasi aholisi ishtirokida sayyor uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida aholini qiynab kelayotgan masalalar muhokama qilinib, davlat xizmatlaridan foydalanish tartiblari bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Xususan:
Fuqarolarga tug‘ilganlik, nikoh va o‘limni qayd etish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamda subsidiya va ijtimoiy yordam olish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi tushuntirildi.
Ayrim fuqarolar tomonidan uy-joy hujjatlarini rasmiylashtirish, kadastr hujjatlarini olish va meros masalalariga oid murojaatlar bildirildi.
Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, imtiyozli kreditlar olish va o‘zini o‘zi band qilish dasturlari yuzasidan tavsiyalar berildi.
Mahalla hududidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minoti va ko‘cha yoritgichlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar tinglandi.
Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan xizmatlardan elektron tarzda foydalanish, my.gov.uz portali imkoniyatlari hamda xizmat ko‘rsatish muddatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuv yakunida fuqarolarning murojaatlari tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 2