Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI – DEPUTAT NAZORATI OSTIDA
янв.21
🏛📚 DOLZARB 90 KUN DOIRASIDA O‘RGANISH ISHLARI
янв.21
🎉 Yoshlar uchun 369,5 million so‘m ajratildi!
янв.21
🏛📚 DOLZARB 90 KUN DOIRASIDA UCHRASHUV
янв.21
✅ Shovot tumani murojaatlar bilan ishlashda namunali hudud bo‘ladi!
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN MABLAG‘LARNI YO‘NALTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYADA CHORAKLIK HISOBOT MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI QABUL QILINDI
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi a’zosi tomonidan ehtiyojmand oilaga amaliy yordam ko‘rsatildi
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA OLTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi



📍Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Erkin Abduraxmonov, Kengash kotibiyati mudiri Voxid Xasanov hamda Ekologiya bo‘limining mas’ul xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-martdagi 156-son qarori asosida amalga oshirilayotgan “Mening bog‘im” loyihasi doirasida Guliston shahrining Do‘stlik mahallasi hududida “Yashil bog‘” barpo etish uchun ajratilgan 0,3 gektar yer maydoni joyiga chiqib o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan hududning amaldagi holati ko‘zdan kechirilib, yer maydonidan maqsadli foydalanish, hududning chegaralari hamda loyihani amalga oshirish imkoniyatlari tahlil qilindi.
🔹 Jarayon davomida ayrim fuqarolar tomonidan hududning ma’lum qismlaridan noqonuniy foydalanish holatlari mavjudligi, shuningdek, loyiha doirasida ko‘zda tutilgan ishlarni to‘liq amalga oshirish uchun ajratilgan maydon bilan bog‘liq ayrim masalalar va boshqa kamchiliklar aniqlandi.
📋 Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillariga qonunchilik talablaridan kelib chiqib zarur choralarni ko‘rish, hududni xatlovdan o‘tkazish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda loyihani sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✅ Mazkur loyiha ijrosi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda hududni “Yashil bog‘” barpo etish uchun to‘liq tayyor holatga keltirish ishlari deputatlar tomonidan nazoratga olindi.

Slide 1 of 2