Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA OLTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
🏛 DEPUTATLIK NAZORATI: QIRG‘OQBO‘YI MAHALLASIDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 Xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVI SESSIYASI 09.06.2026  ✅
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYALARNING QO‘SHMA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
📌 “Dolzarb 90 kun” tadbiri doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
📌✨ Oilaviy tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi ✨📌
янв.21
📌 Fuqarolar murojaati ijobiy va tezkor yechim topdi
янв.21
📌 Yangiobod mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
📌 Yangiobod mahallasidagi muammolar yuzasidan amaliy choralar belgilandi.
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA OLTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman hokimining o‘rinbosarlari, deputatlar, tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
📋 Sessiya davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish va mahalliy budjet mablag‘laridan oqilona foydalanishga oid qator masalalar muhokama qilindi.
🔹 Shovot tumani budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish;
🔹 Aholi muammolari va murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda Qarshi shahri tajribasi asosida jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash;
🔹 Shovot tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Dilshod Raximovich Abdullayevning tumanning 2026-yil I chorak mahalliy budjeti ijrosi yuzasidan hisoboti;
🔹 “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish hamda mablag‘ ajratish;
🔹 Qunduz mahallasi hududida “Yashil bog‘” tashkil etish;
🔹 Tuman hokimining sessiyalar oralig‘ida qabul qilgan farmoyishlari;
🔹 “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish masalalari ko‘rib chiqildi.
💬 Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi.
✅ Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga vazifalar belgilandi.
🤝 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan hududni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish va mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 7