Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌳🌿 Istirohat bog‘idagi sharoitlar deputat nazoratida 🌿🌳
янв.21
🎥Deputat faoliyati va tumandagi islohotlar e’tibor markazida
янв.21
📌 “Mahalla — islohotlar markazida: mahalliy vakillik organlari va “mahalla yettiligi”ning hamjihat faoliyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
🗑🌿 Chiqindilarni olib chiqish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏗🏫 1-son DMTTda qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
🏘🌳 Yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
📚🏫 4-son DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
📍 SHOVOT TUMANIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
✅ Shovot tumani Kengashi qarori (qisqa va chiroyli)
янв.21
📌 Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
Deputat nazorati

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova Ulug‘bek mahallasida bo‘lib, aholi uchun qulay infratuzilmani shakllantirish, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish va sug‘orish tizimini yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevral kungi “2026 yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror isho‘rinlarini yaratish hamdakambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan lotoklar o‘rnatish ishlari bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish davomida deputat mahallada barpo etilayotgan sug‘orish tarmoqlarining qurilish jarayonini ko‘zdan kechirib, mas’ul tashkilotlar va pudratchilar bilan muloqot qildi. Ta’kidlanganidek, mazkur loyihaning amalga oshirilishi aholining tomorqa yer maydonlarini suv bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytiradi, suvdan samarali va tejamkorlik bilan foydalanishga xizmat qiladi. Ayni paytda qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib
borilmoqda. Hududga zarur qurilish materiallari yetkazilgan bo‘lib, lotoklarni o‘rnatish ishlari belgilangan reja asosida tashkil etilgan. Mutasaddilar tomonidan qurilish sifati va muddatlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 5