Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 27-“G‘oziyog‘liq” saylov okrugi deputati Sh.Rasulova tomonidan “G‘oziyog‘liq” mahallasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida xotin-qizlar faoli Z.Raximovaning xotin-qizlar bilan olib borilayotgan manzilli ishlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mahalladagi xotin-qizlar muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish, “Ayollar daftari” bilan ishlash, kasb-hunarga o‘qitish hamda ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlarning samaradorligi muhokama etildi.
Muloqot davomida mavjud muammo va takliflar yuzasidan fikr almashilib, xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda mahalladagi xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazoratida davom ettirilmoqda.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi