Mikroloyihalar orqali yangi ish o‘rinlari yaratildi
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari N.Turdiyev va D.Egamqulovalar tomonidan A.Navoiy mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahallada “Sayxunobod tajribasi” asosida hokim yordamchisi ko‘magida infratuzilmaga ulanish hamda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari orqali 4 ta mikroloyiha amalga oshirilganligi aniqlandi.
Mazkur mikroloyihalar natijasida yangi tadbirkorlik faoliyatlari yo‘lga qo‘yilib, mahalla aholisining bandligini ta’minlash maqsadida 8 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Bu esa fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish, ularning turmush farovonligini oshirish hamda mahallada iqtisodiy faollikni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.