Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA OLTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
🏛 DEPUTATLIK NAZORATI: QIRG‘OQBO‘YI MAHALLASIDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYALARNING QO‘SHMA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVI SESSIYASI 09.06.2026  ✅
янв.21
📌 Xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 “Dolzarb 90 kun” tadbiri doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
📌✨ Oilaviy tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi ✨📌
янв.21
📌 Yangiobod mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
📌 Fuqarolar murojaati ijobiy va tezkor yechim topdi
янв.21
📌 Yangiobod mahallasidagi muammolar yuzasidan amaliy choralar belgilandi.
📌 “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan yordamlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati D.Xasanova hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov tomonidan tumandagi Yangiobod mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍 O‘rganish davomida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

🤝 Shuningdek, xotin-qizlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari o‘rganildi hamda mavjud masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Mahallalarda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.