Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI – DEPUTAT NAZORATI OSTIDA
янв.21
🏛📚 DOLZARB 90 KUN DOIRASIDA O‘RGANISH ISHLARI
янв.21
🎉 Yoshlar uchun 369,5 million so‘m ajratildi!
янв.21
🏛📚 DOLZARB 90 KUN DOIRASIDA UCHRASHUV
янв.21
✅ Shovot tumani murojaatlar bilan ishlashda namunali hudud bo‘ladi!
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN MABLAG‘LARNI YO‘NALTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYADA CHORAKLIK HISOBOT MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI QABUL QILINDI
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi a’zosi tomonidan ehtiyojmand oilaga amaliy yordam ko‘rsatildi
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA OLTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashiga 11-Geoliglar saylov okrugidan saylangan deputat A.Hamidov, tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolovalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan oʻzaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan “Aytim” mahallasida oʻrganish ishlari olib borildi.

Oʻrganishlar davomida mahalla hududini kompleks rivojlantirish, aholi murojaatlari va mavjud muammolarni oʻrganish, hududdagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash hamda mahallada olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari yuzasidan “mahalla yettiligi” vakillari bilan muloqotlar tashkil etildi.

Shuningdek, hududni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosi, tashabbusli budjet asosida amalga oshirilayotgan loyihalar, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash masalalari ham atroflicha oʻrganildi.

Muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, mahallada madaniy-maʼrifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish hamda aholi farovonligini oshirish yuzasidan zarur choralar belgilab olindi.

Slide 1 of 4