Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati M.Ro‘zmetov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U.Ruzmetov tomonidan tumandagi “Yangi O‘zbekiston” mahallasiga tashrif buyurildi.
Tashrif davomida mahalla raisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush sharoitlarini yaxshilash hamda obodonlashtirish yo‘nalishidagi faoliyat atroflicha o‘rganildi.
Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-martdagi 137-sonli “Mahallabay ishlashga mas’ul bo‘lgan shaxslar faoliyatini va hamkorligini samarali ta’minlash hamda ‘mahalla yettiligi’ faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash doirasida olib borildi.
Shuningdek, mahallada mavjud muammolar va ularning yechimiga qaratilgan takliflar muhokama qilinib, ustuvor vazifalar belgilab olindi.