Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📊 TA’LIM MUASSASALARIDA XAVFSIZLIK NAZORATI
янв.21
💧 Muammo hal etildi: suv ta’minoti barqarorlashtirildi
янв.21
📌 “YANGI O‘ZBEKISTON” MAHALLASIDA 40-SON DMTT FAOLIYATI VA DORI-DARMON TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 “YANGI O‘ZBEKISTON” MAHALLASIDA MADANIYAT MARKAZI QURILISH VA TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
📌“YANGI O‘ZBEKISTON” MAHALLASIDA AYOLLAR UCHUN YARATILGAN IMKONIYATLAR, XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI VA IJTIMOIY HODIM ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
📌 YANGI O‘ZBEKISTON MAHALLASIDA YANGI ISH O‘RINLARI VA TADBIRKORLIK FAOLIYATI O‘RGANILDI 🏢✨
янв.21
YANGI O‘ZBEKISTON MAHALLASIDA MAHALLA RAISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
🧠 Ijtimoiy-psixologik xizmatlar sifati deputatlar e’tiborida
янв.21
📊 Ijtimoiy himoya tizimi faoliyati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 FARZAND TA’LIMI — OTA-ONA MAS’ULIYATI VA JAMOATCHILIK HAMKORLIGI
Xalq bilan muloqot – deputat faoliyatining ustuvor yo‘nalishi

Xalq bilan muloqot – deputat faoliyatining ustuvor yo‘nalishi

Aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini tinglash va imkon qadar tezkor yechim topish deputatlik faoliyatining eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda hududlarda muntazam ravishda fuqarolar qabullari o‘tkazilib, aholini qiynayotgan masalalar o‘rganilmoqda.

Ana shunday qabullardan biri davomida xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Davronbek Raxmatullayev va Olmazor tuman hokim o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sevara Xashimova birgalikda tumandagi “Chustiy” mahalla aholisi uchun sayyor qabul tashkil etdilar.

Qabul jarayonida fuqarolarning ijtimoiy, tibbiy, oilaviy nizolar hamda boshqa masalalarga doir murojaatlari tinglandi. Umuman olganda, qabul davomida 7 dan ortiq murojaat kelib tushdi. Ulardan 2 tasi joyida ijobiy hal etildi, qolgan murojaatlar yuzasidan esa tegishli tartibda o‘rganish ishlari boshlandi hamda fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi. Xalq vakillari tomonidan alohida ta’kidlanganidek, xalq dardi bilan yashash va fuqarolar muammosiga befarq bo‘lmaslik har bir deputatning asosiy mas’uliyati hisoblanadi. Shu sababli har bir murojaat sinchkovlik bilan o‘rganilib, imkon qadar amaliy yordam ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratildi.

Mutaxassislarning fikricha, aynan mana shunday ochiq muloqotlar orqali aholining dolzarb muammolarini aniqlash, ularni joyida o‘rganish va bosqichma-bosqich hal etish imkoniyati yaratilmoqda. Bunday qabullar aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, muammolarni joyida hal etish va deputat va ijro xodimlarning saylovchilar oldidagi mas’uliyatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 “Chustiy” mahallasida o‘tkazilgan ushbu qabul ham fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borish, ularning muammolariga yechim topish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Ta’kidlanganidek, bunday qabullar kelgusida ham muntazam ravishda davom ettiriladi.

Slide 1 of 7