Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlarning huquqiy bilimini oshirish — jamiyat taraqqiyotining asosiy omili
янв.21
📌 TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
📊 OQ OLTIN MAHALLASIDA YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
📌 YOSHLARNING HUQUQIY BILIMINI OSHIRISH
янв.21
Shovot tumanida ijtimoiy himoya tadbiri
янв.21
Deputatlar hududdagi ijtimoiy soha obyektlarini o'rgandilar
янв.21
🏗 Komiljon Otaniyozov mahallasida obodonlashtirish va yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
🏗 “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan o‘rganishlar
янв.21
🏥 Shovot tumanida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
Hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish ishlari o‘rganildi
ROMITANDA NAVRO‘Z BAYRAMI!

Qadimiy Navro‘z bayrami shodiyonalari o‘lkamizni shukuhga to‘ldirib yubordi. 

18-mart kuni tumanimizning Markaziy o‘yingohida “Navro‘zni ulug‘lash - insonni ulug‘lashdir!” shiori ostida o‘tkazilgan yangilanish va yasharish ayyomi tantanalari yig‘ilganlar qalbiga quvonch va bayramona kayfiyat ulashdi. 

Bu yilgi bayram tadbiri har yilgidan ham o‘zgacha ruhda, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Erta tongdan boshlangan xalq sayllariga 1000 ga yaqin tumandoshlarimiz tashrif buyurdi.  

Xalq saylida, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, nuroniy otaxonlar, munis ayollar va dilbar qizlar hamda yoshlar, tuman aholisi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, tashkilot va korxonalar xodimlari, mahallalardagi yettilik ishtirok etdi.

Slide 1 of 1