Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlarning huquqiy bilimini oshirish — jamiyat taraqqiyotining asosiy omili
янв.21
📌 TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
📊 OQ OLTIN MAHALLASIDA YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
📌 YOSHLARNING HUQUQIY BILIMINI OSHIRISH
янв.21
Shovot tumanida ijtimoiy himoya tadbiri
янв.21
Deputatlar hududdagi ijtimoiy soha obyektlarini o'rgandilar
янв.21
🏗 Komiljon Otaniyozov mahallasida obodonlashtirish va yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
🏗 “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan o‘rganishlar
янв.21
🏥 Shovot tumanida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
Hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish ishlari o‘rganildi
Ko‘p qavatli uylardagi muammolar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Pardayev tomonidan “Go‘zalkent” MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarda o‘rganishlar olib borildi. O‘rganishlar davomida uylarda yashovchi aholi bilan suhbatlashilib, ularni qiynayotgan muammolar atroflicha o‘rganildi. 

 Jumladan, ko‘p qavatli uylar yangi qurilgan bo‘lishiga qaramasdan, ayrim uylarning fasad qismi ta’mirtalab holatga kelib qolgani, kanalizatsiya tizimida muammolar mavjudligi, chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmagani sababli atrof-muhitga sochilib yotgani aniqlandi. 

 Shuningdek, ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (podyezdlari), yerto‘lalari, uylar atrofidagi hududlarning tozaligi va yoritilishi holati ham ko‘zdan kechirildi. 

 Aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul boshqaruv kompaniyalari va tegishli tashkilotlarga deputat tomonidan taklif va tavsiyalar berildi. Ushbu masalalarni hal etish yuzasidan ishlar deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 6