Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlarning huquqiy bilimini oshirish — jamiyat taraqqiyotining asosiy omili
янв.21
📌 TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
📊 OQ OLTIN MAHALLASIDA YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
📌 YOSHLARNING HUQUQIY BILIMINI OSHIRISH
янв.21
Shovot tumanida ijtimoiy himoya tadbiri
янв.21
Deputatlar hududdagi ijtimoiy soha obyektlarini o'rgandilar
янв.21
🏗 Komiljon Otaniyozov mahallasida obodonlashtirish va yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
🏗 “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan o‘rganishlar
янв.21
🏥 Shovot tumanida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
Hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish ishlari o‘rganildi
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN MAHALLADA 300 DAN ZIYOD KO‘CHAT EKILDI

Hududni yanada obodonlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda yashil hududlarni kengaytirish maqsadida Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Abbos Isakulov tashabbusi bilan keng ko‘lamli ko‘chat ekish aksiyasi tashkil etildi. Mazkur tadbir hududni ko‘kalamzorlashtirish, atrof-muhitni asrash va kelajak avlod uchun sog‘lom ekologik muhit yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Aksiya davomida hududning turli qism va ko‘chalari bo‘ylab 300 dan ziyod mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi. Ushbu ko‘chatlar kelgusida hududning yanada ko‘rkam, yashil va fayzli bo‘lishiga xizmat qilishi, aholiga toza havo va qulay muhit yaratishi kutilmoqda.

Mazkur xayrli tashabbusda mahalla faollari, yoshlar, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etib, ko‘chat ekish va hududni obodonlashtirish ishlariga munosib hissa qo‘shdilar.

Slide 1 of 6