Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlarning huquqiy bilimini oshirish — jamiyat taraqqiyotining asosiy omili
янв.21
📌 TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
📊 OQ OLTIN MAHALLASIDA YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
📌 YOSHLARNING HUQUQIY BILIMINI OSHIRISH
янв.21
Shovot tumanida ijtimoiy himoya tadbiri
янв.21
Deputatlar hududdagi ijtimoiy soha obyektlarini o'rgandilar
янв.21
🏗 Komiljon Otaniyozov mahallasida obodonlashtirish va yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
🏗 “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan o‘rganishlar
янв.21
🏥 Shovot tumanida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
Hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish ishlari o‘rganildi
📌 Hokim yordamchisining vazifalari nimadan iboratligini bilasizmi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga ko‘ra, mahalladagi hokim yordamchisining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

✔️ Doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan ishsiz aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish hamda ularning bandligini ta’minlash.

👉 Har oy kamida 10 nafar ishsiz fuqaroning daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash choralarini ko‘rishi belgilangan.

✔️ Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va kredit hamda subsidiyalar ajratilishida ko‘maklashish.

👉 Har chorakda kredit yoki subsidiya olgan fuqarolar faoliyatini joyiga borib o‘rganib, ularning daromadli faoliyat yuritishiga yordam berishi kerak.

✔️ O‘zini o‘zi band qilgan va tashabbuskor fuqarolarning tadbirkorlikka qiziqishini aniqlash hamda ularning kichik biznes subyektiga aylanishiga ko‘maklashish.

👉 Har chorakda kamida 5 nafar fuqaroni yakka tartibdagi tadbirkor yoki oilaviy korxona sifatida ish boshlashiga yordam berish vazifasi yuklatilgan.

✔️ Aholiga ijara asosida ajratilgan yer maydonlari va tomorqalarda ekilgan ekinlar hamda yetishtirilgan mahsulotlar hisobini yuritish, shuningdek dehqon xo‘jaliklari bilan eksportyor, broker va qayta ishlovchi korxonalar o‘rtasida hamkorlikni tashkil etish.

✔️ Mahallalarda kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mikroloyihalar manzilli dasturini shakllantirish hamda loyihalarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni hal etishga ko‘maklashish.

✔️ Mahalladagi bo‘sh turgan bino-inshootlar va yer maydonlarini aniqlab, ularni belgilangan tartibda auksion savdolariga chiqarish choralarini ko‘rish.

✔️ Mahalladagi kam ta’minlangan oilalar uchun individual dastur ishlab chiqish va ularning daromadini oshirishga qaratilgan choralarni belgilash.

Slide 1 of 1