Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati R. Matqulov Teraktagi MFY Yoshlar yetakchisi Q.Rustamov bilan hamkorlikda “og‘ir” toifadagi ishsiz yoshlar bilan manzilli ishlash maqsadida biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning muammoli holatlari o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” asosida har bir yoshga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha amaliy ko‘mak berish, faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqqan holda o‘zini o‘zi band qilish choralarini ta’minlash masalalari
muhokama qilindi.
Shuningdek, mavjud muammolar yechimi yuzasidan mahalla yettiligi bilan o‘zaro kelishib olindi.