Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI – DEPUTAT NAZORATI OSTIDA
янв.21
🏛📚 DOLZARB 90 KUN DOIRASIDA O‘RGANISH ISHLARI
янв.21
🎉 Yoshlar uchun 369,5 million so‘m ajratildi!
янв.21
🏛📚 DOLZARB 90 KUN DOIRASIDA UCHRASHUV
янв.21
✅ Shovot tumani murojaatlar bilan ishlashda namunali hudud bo‘ladi!
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN MABLAG‘LARNI YO‘NALTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYADA CHORAKLIK HISOBOT MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI QABUL QILINDI
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi a’zosi tomonidan ehtiyojmand oilaga amaliy yordam ko‘rsatildi
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA OLTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Maʼrifat ulashib..

Maʼrifat ulashib... 

🔰Men deputatlik ishlari bilan 12-Buloqboshi saylov okrugi hududidagi mahallalarga borarkanman taʼlim muassasalari va boshqa ijtimoiy soha obyektlari, aholimizning turmushi, taklif va muammolari bilan yaqindan tanishishga harakat qilaman. Ana shunday tashriflardan birida hamrohlar bilan buloqboshilik Abdumutal Ergashev ota holidan xabar olishga bordik. Shunda xonadonda ochiq turgan kitobga ko‘zim tushdi. Xonadon ahlidan bu kitobni kim o‘qiyotganini surishtirdim. Kitobni 7— sinf o‘quvchisi Behruzbek o‘qiyotganini aytishdi. Kitobxon ukamizga biz ham kitoblar to‘plamini yetkazishni vaʼda qilgan edik. Bugun Buloqboshidagi 26- maktabga tashrif buyurib, berilgan vaʼdani ustidan chiqdik. Maktab o‘quvchilari, sinfdoshlari guvohligida Behruzga "Jasorat" kitoblar to‘plamini sovg‘a qildik. Hamkorlik uchun tuman Yoshlar ishlari bo‘limiga tashakkur. Behruzbekdek kitobxon yoshlar safi kengayaversin. 

© Dilshodbek Isaqov

RMMM tuman bo‘linmasi rahbari, 

12-Buloqboshi saylov okrugi deputati

Slide 1 of 5