O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1 sonli qarori ijrosini ta’minlash va “Xavfsiz oila” umumxalq targ‘ibot-tashviqot tadbirlari doirasida Mirobod tumanlararo sudi qoshidagi mediatsiya xonasida tuman Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi tomonidan ajrim xavfi ostida bo‘lgan yettita oilaning taqdiri muhokama qilindi.
Uchrashuvda Mirobod tumani hokimi o‘rinbosari F.Madaminova, fuqarolik ishlari bo'yicha sud raisi B.Sagatov, sudyalar N.Abdusalamova, D.Opayeva, xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash deputatlari G.Kulmatova, A.Karimov, tuman tibbiyot birlashmasi xodimi A.Shirinova shuningdek, tumanning otinoyisi M.Mirzajonova, tuman IIOFMB katta inspektorlari G.Gulyamova ishtirok etdilar.