Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📊 TA’LIM MUASSASALARIDA XAVFSIZLIK NAZORATI
янв.21
💧 Muammo hal etildi: suv ta’minoti barqarorlashtirildi
янв.21
📌 “YANGI O‘ZBEKISTON” MAHALLASIDA 40-SON DMTT FAOLIYATI VA DORI-DARMON TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 “YANGI O‘ZBEKISTON” MAHALLASIDA MADANIYAT MARKAZI QURILISH VA TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
📌“YANGI O‘ZBEKISTON” MAHALLASIDA AYOLLAR UCHUN YARATILGAN IMKONIYATLAR, XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI VA IJTIMOIY HODIM ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
📌 YANGI O‘ZBEKISTON MAHALLASIDA YANGI ISH O‘RINLARI VA TADBIRKORLIK FAOLIYATI O‘RGANILDI 🏢✨
янв.21
YANGI O‘ZBEKISTON MAHALLASIDA MAHALLA RAISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
🧠 Ijtimoiy-psixologik xizmatlar sifati deputatlar e’tiborida
янв.21
📊 Ijtimoiy himoya tizimi faoliyati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 FARZAND TA’LIMI — OTA-ONA MAS’ULIYATI VA JAMOATCHILIK HAMKORLIGI
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Chilonzor tumanidagi Humarmandlar markazida usta-hunarmandlar faoliyati bilan tanishishdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Chilonzor tumanidagi Humarmandlar markazida usta-hunarmandlar faoliyati bilan tanishishdi. 

🔵Joriy yilning 29-sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Durbek Axmedov, Umid Yakubxodjayev va xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovna, deputat yordamchisi Mirabbos Mansurovlar O'zbekiston Respublikasi Hunarmand uyushmasi Hunarmandlar markaziga tashrif buyurishib, u yerda faoliyat olib borayotgan uyushma a'zolari faoliyati bilan tanishishdi.

🔷 Uchrashuvda uyushma raisi Mirzaaxmedov Rasuljon va Toshkent shahar boshqarma boshlig'i Murod Isabayevlar uyushmaning asosiy vazifasi xalq hunarmandchiligi an’analari asosida faoliyat ko’rsatayotgan musavvirlar, san’atshunoslar, xalq ustalari va hunarmandlar faoliyatlarini muvofiqlashtirish, o’zaro hamkorlikni amalga oshirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishish, ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini, shuningdek, boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni amalga oshirish haqida ma'lumot berib o'tishdi. So'ngra deputatlar hunarmandlar faoliyati bilan tanishib, ular bilan suhbatlashishdi.

Slide 1 of 12