Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📊 TA’LIM MUASSASALARIDA XAVFSIZLIK NAZORATI
янв.21
💧 Muammo hal etildi: suv ta’minoti barqarorlashtirildi
янв.21
📌 “YANGI O‘ZBEKISTON” MAHALLASIDA 40-SON DMTT FAOLIYATI VA DORI-DARMON TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 “YANGI O‘ZBEKISTON” MAHALLASIDA MADANIYAT MARKAZI QURILISH VA TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
📌“YANGI O‘ZBEKISTON” MAHALLASIDA AYOLLAR UCHUN YARATILGAN IMKONIYATLAR, XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI VA IJTIMOIY HODIM ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
📌 YANGI O‘ZBEKISTON MAHALLASIDA YANGI ISH O‘RINLARI VA TADBIRKORLIK FAOLIYATI O‘RGANILDI 🏢✨
янв.21
YANGI O‘ZBEKISTON MAHALLASIDA MAHALLA RAISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
🧠 Ijtimoiy-psixologik xizmatlar sifati deputatlar e’tiborida
янв.21
📊 Ijtimoiy himoya tizimi faoliyati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 FARZAND TA’LIMI — OTA-ONA MAS’ULIYATI VA JAMOATCHILIK HAMKORLIGI
"Chuqursoy" mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi hamda ko‘p qavatli uylarning yer to‘la qismlari ko‘zdan kechirildi

Tashrif davomida "Chuqursoy" MFY yettilik tarkibidagi har bir vakil — mahalla raisi, profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, ijtimoiy xodim, nuroniylar kengashi vakili hamda soliqchi bilan alohida suhbatlar o‘tkazildi. Ularning hududda olib borayotgan ishlari, mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘nalishida ko‘rilayotgan choralarga alohida e’tibor qaratildi.

️Jarayonda aholining murojaatlari, mahalladagi ijtimoiy muhit, yoshlar va xotin-qizlar bandligi, profilaktik tadbirlarning samaradorligi yuzasidan tahliliy fikrlar bildirildi hamda deputat D.Axmedova tomonidan tegishli tavsiyalar va topshiriqlar berildi.

️Tashrif davomida yer to‘lalarning sanitariya holati, yong‘in xavfsizligi talablari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining holati, noqonuniy foydalanilayotgan hududlar hamda fuqarolarning murojaatlari asosida aniqlangan kamchiliklar o‘rganildi. 

️O‘rganish doirasida ularning sanitariya holati, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi hamda fuqarolarning shikoyatlari o‘rganildi. 

Mazkur o‘rganishlar natijasida aniqlangan muammolar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish choralari belgilandi.

Slide 1 of 5