Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!”
янв.21
3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosib bilan “Biz birgamiz!” loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sayyor qabul: murojaatlarga ijobiy yechim topish mexanizmi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash – davr talabi
янв.21
3-dekabr xalqaro nogironlar kuni
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
“Yashil makon” umummilliy loyihasi deputatlar nazoratida
янв.21
2025- yil “Atrof muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” dasturi, “2030 -yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish” Konsepsiyasiga oid 2025-yil 10 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Sho‘rchi tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i Shaymardanov Usmon Turapovichning hisoboti eshitildi.
янв.21
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida korrupsiyaning oldini olish ishlarining holati tanqidiy muhokama qilindi.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Nargizaxon Akbarova saylovchilar oldida o‘z faoliyati va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berib o‘tdi.

  Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Nargizaxon Akbarova 11-Alisher Navoiy saylov okrugi saylovchilari bilan uchrashib, saylovchilar oldida o‘z faoliyati va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berib o‘tdi. 

  Uchrashuvda fuqarolardan berilgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, deputatlik
nazoratiga olinishi belgilab olindi. 

  O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi va “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatlari har chorakda kamida bir marotaba o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilarga hisobot berishlari belgilangan. 

  Bu esa, erkin fuqarolik jamiyati qurish, deputatning saylovchilari oldidagi mas’uliyatini va hisobdorlik hissini oshirish, deputatlik faoliyatining ochiqligini, aholining xabardorligini kuchaytirish va pirovardida xalqning vakillik organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga sabab bo‘ladi.   

Slide 1 of 4