Bugun Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari va doimiy kоmissiyalari raislari ishtirokida Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifa va topshiriqlar ijrosi doirasida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tizimidagi korrupsiyaviy holatlarning oldini olish borasidagi ishlar holati muhokamasiga bag‘ishlangan majlis o‘tkazildi.
Majlisda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri ta’limi vazirligi tizimida "korrupsiyasiz soha" loyihasining ijrosi yuzasidan axborot berdi.
Muhokama qilingan muammolar, ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan deputatlarning fikr-mulohazalari tinglandi.
Muhokama yakuni bo‘yicha mas’ullar zimmasiga tegishli vazifalar yuklandi.