Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSINI O‘RGANISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZISH TAKLIFI BILDIRILDI
янв.21
YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA ULARNING MUAMMOLARINI HAL ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH MASALASI SESSIYADA KO‘TARILDI
янв.21
JAMG‘ARMA MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH VA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI AJRATISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BANK PLASTIK KARTALARI BILAN BOG‘LIQ KIBERJINOYATLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ICHKI ISHLAR BO‘LIMINING HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
TAKRORIY MUROJAATLAR: MUAMMOLAR SABABI VA ULARNING YECHIMI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYA ISHI BOSHLANDI
24 TALIK TAVSIYA IJROSI DOIRASIDA 1-UMUMTA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

24 TALIK TAVSIYA IJROSI DOIRASIDA 1-UMUMTA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

Namangan viloyati Kengashi Kotibiyati mudiri T. Gapparov, Namangan shahar Kengashi Kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassislari A. Nurmatov va 

M. Abdulmajidovdan iborat ishchi guruh tomonidan haftalik ish reja ijrosi doirasida Namangan shahrining “Obi hayot” mahallasi hududida joylashgan 1-sonli umumta’lim maktabining 

2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasi binolarining mavsumga tayyorligi, isitish tizimining holati, issiqlikni saqlash imkoniyatlari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining sozligi hamda o‘quvchilar va pedagog xodimlar uchun qulay sharoitlarni yaratish masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, sovuq kunlarda ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash, bino va xonalarda zarur harorat sharoitlarini yaratish hamda mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ishchi guruh tomonidan maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganilib, mavjud ehtiyojlarni aniqlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va zarur chora-tadbirlarni belgilash masalalari muhokama qilindi. Ta’lim muassasasida xavfsiz va qulay muhitni ta’minlash, isitish tizimidan samarali foydalanish hamda tegishli texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini o‘z vaqtida tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta muhim yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar ijrosini ta’minlash, ta’lim muassasalarining mavsumiy tayyorgarligini o‘rganish va belgilangan vazifalar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish doirasida amalga oshirildi. Shu bilan birga, Kengash doimiy komissiyalari kesimidagi 162 ta qonun hujjati va 154 ta qaror doirasida tegishli hujjatlar ijrosini o‘rganish hamda mas’ul tashkilotлар faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini yanada yaxshilash, mavjud muammolarni bartaraf etish va o‘quvchilar uchun barqaror, xavfsiz hamda qulay ta’lim sharoitlarini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarligini ta’minlash hamda belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish ishlari izchil davom ettiriladi.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Slide 1 of 4