Uchrashuvda “mahalla yettiligi” vakillari bilan suhbat o‘tkazildi. Mahallada mavjud muammolar muhokama qilindi.
Ma’lumot o‘rnida, “mahalla yettiligi” a’zolari — mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori hisoblanadi. Ular mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni yaxshilash, shu jumladan, mahalla obodligini saqlash hamda infratuzilmani rivojlantirish, kam ta’minlangan oilalar, yetim bolalar, ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, shuningdek, favqulodda vaziyatlardan jabr ko‘rgan fuqarolarga yordam ko‘rsatish, keksalar muammolarini manzilli o‘rganish, ularni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash kabi qator vazifalarda mahalla ahliga yetakchi bo‘ladi.