Bugun xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda senatorlar, viloyat Kengashi deputatlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot, idora va boshqarmalar rahbarlari ishtirok etishdi.
Sessiya ishini xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Choriyev Abduraim Ravshanovich olib bordi.
Sessiya ishida viloyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid 17 ta masala deputatlar tomonidan ko'rib chiqildi.
Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.