Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat O. Mamashukurov tomonidan Kengashning ish rejasiga hamda deputatlik
faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilovchi 24 ta tavsiya asosida “Oynako‘l” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar o‘rganildi.
Murojaatlar “mahalla yettiligi” va tegishli mas'ul tashkilotlar vakillari ishtirokida fuqarolar yashash manzillariga chiqqan holda ko‘rib
chiqildi. Muammolar joyida muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi.
O‘rganish yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar ijobiy hal etildi, murojaatchilarga zarur amaliy yordam ko‘rsatildi.
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularni o‘z vaqtida va qonuniy hal etish hamda aholini qiynayotgan muammolarga joyida yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.