Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sho‘rchi tumanida tashabbusli budjet loyihalari ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Sho‘rchi tumanida Ramazon oyida xayr-saxovat va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Hurlikda xayrli hashar
янв.21
“Deputat va sport: sog‘lom millat sari qadam”
янв.21
Sho‘rchida muhim qarorlar qabul qilindi: infratuzilma, qonuniylik va taraqqiyot masalalari muhokama markazida
янв.21
“Yashil makon” amalda: Egarchida ilg‘or tajriba o‘rganildi
янв.21
Xalq dardi bilan yuzma-yuz: mahallada muammolar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: kelajak sari dadil qadam
янв.21
Xalq dardi bilan yashagan deputat: ta’lim va ma’naviyat uyg‘unligi yo‘lida
янв.21
Ta’lim maskanlarida o‘rganish va ochiq muloqot
Saylovchilar bilan uchrashuv

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati B.Rajabov "Birdamlik" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🚨Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati Rajabov Botir Jo'rayevich «Birdamlik» mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda muammolarni joyida o‘rganish tamoyili asosida tashkil etilgan tadbirda asosiy e’tibor mahalla infratuzilmasini yaxshilashga qaratildi.

🚨 Deputat mahalla raisi va «mahalla yettiligi» bilan hududdagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish va ijtimoiy obyektlar faoliyatini jadallashtirish masalalarini atroflicha muhokama qildi.

🚨 Uchrashuvda mahallani to‘liq videokuzatuv moslamalari bilan jihozlash (kameralashtirish) jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar o‘rganildi va ularni tezkor hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

 🔴Shuningdek, suhbat davomida:

 ✅Xotin-qizlar bandligini ta’minlash;

✅ Jinoyatchilikning oldini olish;

 ✅«Ijtimoiy reyestr»dagi fuqarolarga manzilli ko‘mak berish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

🚨Shuningdek deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35--sonli qarori ijrosini ta’minlash, hududlarni rivojlantirishda deputatlarning «mahalla yettiligi» bilan hamkorligini kuchaytirish ustuvor vazifalar to'g'risida ham so'z yuritildi.

🚨Uchrashuvda o‘tgan yig‘ilishda mahalladagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda «mahalla yettiligi»ning hamkorlikdagi rejalari muhokama qilindi. Deputat har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ularni hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishini ta’kidladi.

✅ Maqsad — aholi bilan bevosita muloqot qilish orqali ijtimoiy masalalarga tezkor yechim topish va mahalla obodligini ta’minlashdir.

Slide 1 of 5