Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sho‘rchi tumanida tashabbusli budjet loyihalari ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Sho‘rchi tumanida Ramazon oyida xayr-saxovat va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Hurlikda xayrli hashar
янв.21
“Deputat va sport: sog‘lom millat sari qadam”
янв.21
Sho‘rchida muhim qarorlar qabul qilindi: infratuzilma, qonuniylik va taraqqiyot masalalari muhokama markazida
янв.21
“Yashil makon” amalda: Egarchida ilg‘or tajriba o‘rganildi
янв.21
Xalq dardi bilan yuzma-yuz: mahallada muammolar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: kelajak sari dadil qadam
янв.21
Xalq dardi bilan yashagan deputat: ta’lim va ma’naviyat uyg‘unligi yo‘lida
янв.21
Ta’lim maskanlarida o‘rganish va ochiq muloqot
Payshanba – Yoshlar Kuni: “Deputat va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilingani yurtimiz yoshlari hayotida muhim voqea bo‘ldi. Mazkur tashabbus yoshlarning muammo va takliflarini tizimli o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishga keng yo‘l ochmoqda.

Shu munosabat bilan 22-Sardoba saylov okrugi deputati Bo‘taeva Farog‘at Atoyevna hududdagi yoshlar bilan “Deputat va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, taklif va tashabbuslari bilan faol ishtirok etdilar. Ayniqsa, bandlik, ta’lim, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga doir masalalar yuzasidan fikr almashildi. Deputat tomonidan bildirilgan murojaatlar va takliflar atroflicha tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan uchrashuv yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning jamiyat hayotidagi o‘rnini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 4