Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sho‘rchi tumanida tashabbusli budjet loyihalari ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Sho‘rchi tumanida Ramazon oyida xayr-saxovat va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Hurlikda xayrli hashar
янв.21
“Deputat va sport: sog‘lom millat sari qadam”
янв.21
Sho‘rchida muhim qarorlar qabul qilindi: infratuzilma, qonuniylik va taraqqiyot masalalari muhokama markazida
янв.21
“Yashil makon” amalda: Egarchida ilg‘or tajriba o‘rganildi
янв.21
Xalq dardi bilan yuzma-yuz: mahallada muammolar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: kelajak sari dadil qadam
янв.21
Xalq dardi bilan yashagan deputat: ta’lim va ma’naviyat uyg‘unligi yo‘lida
янв.21
Ta’lim maskanlarida o‘rganish va ochiq muloqot
Deputatlar tomonidan targ‘ibot ishlarini olib borildi:

Tadbir davomida Deputatlar tomonidan navbatdagi manzil hududdagi Yangihayot oilaviy shifokorlik punkti (OSHP) faoliyati bilan ham tanishildi.

Unda aholiga yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati hamda mavjud infratuzilma o‘rganildi.

Xususan:

Fuqarolarni qabul qilish xonalari va tibbiy jihozlarning holati

Tibbiyot xodimlarining faoliyati va aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi

Profilaktik ko‘riklar va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish ishlari

Aholiga ajratiladigan bepul dori vositalarining mavjudligi va taqsimlanish holati

O‘rganish jarayonida aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur sharoitlar yaratilgani qayd etildi. Shuningdek, bepul dori vositalarining mavjudligi, ularning ehtiyojmand fuqarolarga o‘z vaqtida yetkazib berilishi masalasi ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

Aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi. 

Slide 1 of 4