Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sho‘rchi tumanida tashabbusli budjet loyihalari ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Sho‘rchi tumanida Ramazon oyida xayr-saxovat va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Hurlikda xayrli hashar
янв.21
“Deputat va sport: sog‘lom millat sari qadam”
янв.21
Sho‘rchida muhim qarorlar qabul qilindi: infratuzilma, qonuniylik va taraqqiyot masalalari muhokama markazida
янв.21
“Yashil makon” amalda: Egarchida ilg‘or tajriba o‘rganildi
янв.21
Xalq dardi bilan yuzma-yuz: mahallada muammolar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: kelajak sari dadil qadam
янв.21
Xalq dardi bilan yashagan deputat: ta’lim va ma’naviyat uyg‘unligi yo‘lida
янв.21
Ta’lim maskanlarida o‘rganish va ochiq muloqot
Deputat nuroniylar holidan xabar olib, hududdagi ishlar bilan tanishdi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati G.Shafoatova o‘zi saylangan hududda yashovchi yoshi ulug‘ fuqarolar xonadoniga tashrif buyurdi.

 Mahalla raisi bilan hamkorlikda ularning sog‘ligi, yashash sharoiti, ijtimoiy ahvoli hamda kundalik ehtiyojlari o‘rganildi. Suhbat jarayonida keksalar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar yozib olinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan ishlash masalasi belgilab olindi.

Mazkur tashrif “Bir mahalla – bir tashabbus” aksiyasi doirasida tashkil etilib, hududda mavjud muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Xususan, ichki yo‘llar holati, obodonlashtirish ishlari, kommunal xizmatlar sifati hamda ijtimoiy sohadagi masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Deputat nuroniylarning hayotiy tajribasi va maslahatlari hudud rivoji uchun muhim ekanini ta’kidlab, aholi murojaatlari asosida aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Kelgusida ham mahalla faollari bilan hamkorlikda muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish ishlari davom ettirilishi qayd etildi.

Slide 1 of 5