Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAZORAT VA TAHLIL: YO‘LLARDA INSON XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
MUROJAAT IJROSI: MUAMMOLAR JOYIDA HAL ETILDI
янв.21
Deputat nazorati: Maktabdagi sharoitlar, ta’lim sifati va obodonlashtirish ishlari e’tibor markazida
янв.21
Sho‘rchi tumanida tashabbusli budjet loyihalari ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Sho‘rchi tumanida Ramazon oyida xayr-saxovat va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Hurlikda xayrli hashar
янв.21
“Deputat va sport: sog‘lom millat sari qadam”
янв.21
Sho‘rchida muhim qarorlar qabul qilindi: infratuzilma, qonuniylik va taraqqiyot masalalari muhokama markazida
янв.21
“Yashil makon” amalda: Egarchida ilg‘or tajriba o‘rganildi
янв.21
Xalq dardi bilan yuzma-yuz: mahallada muammolar o‘rganildi
Deputat nazoratida.

Chilonzor tumani 18-«Guliston» saylov okrugi «Guliston» mahallasi hududidagi, mahalla binosi yaqinida joylashgan qarovsiz holatga kelib qolgan futbol maydoni yuzasidan aholi murojaatlari asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida maydon uzoq vaqt obodonlashtirilmagani va bugungi kunda amalda foydalanishga yaroqsiz holatda ekani aniqlandi.

Yoshlar va mahalla aholisi tomonidan maydonni rekonstruksiya qilish, sun’iy yashil qoplama yotqizish hamda tungi vaqtda foydalanish uchun zamonaviy yoritish tizimi (projektorlar) o‘rnatish taklifi ilgari surildi.

Ushbu tashabbus yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

Masala yuzasidan tegishli tashkilotlarga okrug deputai Kim Marina Melisovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi. Nazoratga olindi.