Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sho‘rchi tumanida Ramazon oyida xayr-saxovat va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Hurlikda xayrli hashar
янв.21
“Deputat va sport: sog‘lom millat sari qadam”
янв.21
Sho‘rchida muhim qarorlar qabul qilindi: infratuzilma, qonuniylik va taraqqiyot masalalari muhokama markazida
янв.21
“Yashil makon” amalda: Egarchida ilg‘or tajriba o‘rganildi
янв.21
Xalq dardi bilan yuzma-yuz: mahallada muammolar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: kelajak sari dadil qadam
янв.21
Xalq dardi bilan yashagan deputat: ta’lim va ma’naviyat uyg‘unligi yo‘lida
янв.21
Ta’lim maskanlarida o‘rganish va ochiq muloqot
янв.21
Mahallalar obod, ko‘ngillar shod bo‘lmoqda
Murojaatnoma va qonunchilik yangiliklari aholi o‘rtasida targ‘ib qilinmoqda

 Murojaatnoma va qonunchilik yangiliklari aholi o‘rtasida targ‘ib qilinmoqda 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari hududlarda mehnat
jamoalari va aholi o‘rtasida tizimli targ‘ibot-tushuntirish ishlarini olib bormoqdalar.
Ushbu uchrashuvlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning
2025 yil 26 dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida
belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar, islohotlarning mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka
yetkazilmoqda. 

Jumladan, tuman Kengashi deputat R.Nodirov, M.Akramovlar tumandagi
29-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda 35-son maktabgacha ta’lim tashkilotida
bo‘lib pedagoglar bilan uchrashdilar. Uchrashuvlarda deputatlar O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2025 yil 26 dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston
xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar va strategik
yo‘nalishlar atroflicha sharhlab berdilar. Shuningdek, ta’lim tizimini yanada takomillashtirish,
yosh avlodni zamonaviy bilim va kasb-hunarga ega etish, pedagoglar mehnatini munosib
rag‘batlantirish, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash
hamda aholini ijtimoiy himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati
batafsil tushuntirildi. 

Uchrashuvlar davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga
batafsil javoblar berildi, qonunchilikdagi yangiliklarning amaliyotdagi ahamiyati
yuzasidan fikrlar almashildi va muassasalaridagi mavjud muammolar, taklif va tashabbuslar
ham o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 2