Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sho‘rchi tumanida Ramazon oyida xayr-saxovat va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Hurlikda xayrli hashar
янв.21
“Deputat va sport: sog‘lom millat sari qadam”
янв.21
Sho‘rchida muhim qarorlar qabul qilindi: infratuzilma, qonuniylik va taraqqiyot masalalari muhokama markazida
янв.21
“Yashil makon” amalda: Egarchida ilg‘or tajriba o‘rganildi
янв.21
Xalq dardi bilan yuzma-yuz: mahallada muammolar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: kelajak sari dadil qadam
янв.21
Xalq dardi bilan yashagan deputat: ta’lim va ma’naviyat uyg‘unligi yo‘lida
янв.21
Ta’lim maskanlarida o‘rganish va ochiq muloqot
янв.21
Mahallalar obod, ko‘ngillar shod bo‘lmoqda
Tumanda ijtimoiy soha muassasalaridagi isitish tizimlari deputatlar nazoratida

 Tumanda ijtimoiy soha muassasalaridagi isitish tizimlari deputatlar nazoratida 

O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 apreldagi “Ijtimoiy soha ob’ektlarining
isitish tizimlarini davlat-xususiy sherikchilik asosida modernizatsiya qilish to‘g‘risida”gi
PQ–118-son qarori ijrosi doirasida Quva tumanida amalga oshirilayotgan ishlarni
deputatlar tomonidan o‘rganilishi izchil davom etmoqda. 

Xususan tumandagi
40-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda 35-son maktabgacha ta’lim tashkilotida
xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari A.Isaxonov hamda M.Akramovlar tomonidan
nazorat tartibida o‘rganish ishlari olib borildi. 

O‘rganishlar
davomida deputatlar muassasalardagi isitish qozonxonalari faoliyati, quvur tizimlarining
holati, xonalardagi harorat me’yorlari hamda issiqlik ta’minoti ta’minlanayotgani
atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, muassasa rahbarlari va mas’ullar bilan
suhbat o‘tkazilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari muhokama
qilindi. 

Qayd etilganidek,
o‘quvchi va tarbiyalanuvchilar uchun iliq va qulay sharoit yaratish, ta’lim jarayonini
uzluksiz tashkil etishda isitish tizimlarining samarali ishlashi muhim ahamiyatga
ega. Shu bois bu boradagi ishlar deputatlarning doimiy nazorati ostiga olingan.  

Slide 1 of 6