Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sho‘rchi tumanida tashabbusli budjet loyihalari ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Sho‘rchi tumanida Ramazon oyida xayr-saxovat va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Hurlikda xayrli hashar
янв.21
“Deputat va sport: sog‘lom millat sari qadam”
янв.21
Sho‘rchida muhim qarorlar qabul qilindi: infratuzilma, qonuniylik va taraqqiyot masalalari muhokama markazida
янв.21
“Yashil makon” amalda: Egarchida ilg‘or tajriba o‘rganildi
янв.21
Xalq dardi bilan yuzma-yuz: mahallada muammolar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: kelajak sari dadil qadam
янв.21
Xalq dardi bilan yashagan deputat: ta’lim va ma’naviyat uyg‘unligi yo‘lida
янв.21
Ta’lim maskanlarida o‘rganish va ochiq muloqot
Янгилик

Saylovchilar bilan yuzma-yuz muloqot.

Joriy yilning 21-fevral kuni Namangan tuman 14-Beshkapa saylov okrugi deputati A.Tursunov tomonidan “Deputat va saylovchilar” uchrashuvi Beshkapa va Elatan mahallalarida aholi bilan sayyor qabul o‘tkazildi. 

Uchrashuvda mutasaddi tashkilotlar — “Hududgaz”, Obodonlashtirish bo‘limi, Yo‘l qurilish va ta’mirlash davlat korxonasi hamda Moliya bo‘limi rahbar o‘rinbosarlari, shuningdek Xalq ta’limi hamda maktabgacha va maktab ta’limi muassasalari rahbar o‘rinbosarlari ishtirok etib, aholiga amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar yuzasidan hisobotlar taqdim etdilar.

Tadbir davomida saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Deputat tomonidan aholi murojaatlarini tizimli hal etish, joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni samarali amalga oshirish ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Namangan tumani Kengashi matbuoti xizmati

Slide 1 of 4