Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sho‘rchi tumanida tashabbusli budjet loyihalari ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Sho‘rchi tumanida Ramazon oyida xayr-saxovat va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Hurlikda xayrli hashar
янв.21
“Deputat va sport: sog‘lom millat sari qadam”
янв.21
Sho‘rchida muhim qarorlar qabul qilindi: infratuzilma, qonuniylik va taraqqiyot masalalari muhokama markazida
янв.21
“Yashil makon” amalda: Egarchida ilg‘or tajriba o‘rganildi
янв.21
Xalq dardi bilan yuzma-yuz: mahallada muammolar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: kelajak sari dadil qadam
янв.21
Xalq dardi bilan yashagan deputat: ta’lim va ma’naviyat uyg‘unligi yo‘lida
янв.21
Ta’lim maskanlarida o‘rganish va ochiq muloqot
⚠️ GAZ XAVFSIZLIGI MASALASI: ZUDLIK BILAN AMALIY CHORA TALAB ETILADI

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Kiyamov Nurali Kuvandikovich tomonidan tumandagi gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammo yuzasidan rasmiy deputat so‘rovi chiqarildi.

Aholi hamda “mahalla yettiligi” bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida Qo‘chqor Qarshiyev mahallasi hududidagi Abdulla Qodiriy va Dilkusho ko‘chalarida tabiiy gaz tarmoqlarida gaz sizib chiqish holatlari ko‘paygani yuzasidan ko‘plab e’tirozlar bildirildi. Holat joyiga chiqib o‘rganilganda ham gaz sizib chiqish bilan bog‘liq xavotirli vaziyatlar mavjudligi aniqlangan.

Shu munosabat bilan Ishtixon tumani “Ishtixontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i F.Sharipov nomiga:

tabiiy gaz tarmoqlaridagi nosozliklarni zudlik bilan bartaraf etish;

gaz sizib chiqish holatlarini to‘liq o‘rganish;

aholi xavfsizligini ta’minlash;

kelgusida shunga o‘xshash holatlarning oldini olish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

Qonunchilikka muvofiq, so‘rovga 10 kun muddatda asoslantirilgan javob taqdim etilishi lozim.

⚠️ Masala jiddiy va kechiktirib bo‘lmaydigan darajada

Gaz sizib chiqishi — bu oddiy nosozlik emas, balki inson hayoti va sog‘lig‘iga bevosita xavf tug‘diruvchi omildir. Bunday holatlarda sustkashlik yoki yuzaki yondashuvga o‘rin yo‘q.

Mas’ul tashkilot rahbarlari va mutaxassislari hududga shaxsan chiqib, har bir murojaatni joyida o‘rganishi, mavjud nosozliklarni to‘liq bartaraf etishi shart. Aholi xavfsizligi har qanday boshqa masaladan ustun bo‘lishi kerak.

Ushbu masala deputat tomonidan nazoratga olingan. Endilikda amaliy natija va aniq harakatlar kutilmoqda. 

Slide 1 of 1