Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallabay ishlash – xavfsiz muhit va barqarorlik garovi
янв.21
NAZORAT VA TAHLIL: YO‘LLARDA INSON XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
MUROJAAT IJROSI: MUAMMOLAR JOYIDA HAL ETILDI
янв.21
Deputat nazorati: Maktabdagi sharoitlar, ta’lim sifati va obodonlashtirish ishlari e’tibor markazida
янв.21
Sho‘rchi tumanida tashabbusli budjet loyihalari ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Sho‘rchi tumanida Ramazon oyida xayr-saxovat va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Hurlikda xayrli hashar
янв.21
“Deputat va sport: sog‘lom millat sari qadam”
янв.21
Sho‘rchida muhim qarorlar qabul qilindi: infratuzilma, qonuniylik va taraqqiyot masalalari muhokama markazida
янв.21
“Yashil makon” amalda: Egarchida ilg‘or tajriba o‘rganildi
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashi hamda “Madad” NNT Qumqo‘rg‘on tumani vakili o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu memorandumning maqsadi Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining Qumqo‘rg‘on tumandagi vakili tomonidan aholiga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish, huquqiy ma’rifatni oshirish sohasida o‘zaro hamkorlikning muhimligini inobatga olgan holda, mahalliy vakillik organlari faoliyatini huquqiy qo‘llab-quvvatlashdir. Memorandumga muvofiq tomonlar o‘z vakolatlari doirasida hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qiladilar:

aholiga yuridik xizmatlar ko‘rsatish;

mahalliy Kengashlar qarorlar va dasturlar loyihalarini birgalikda tayyorlash;

Kengash deputatlari va kotibiyati xodimlarining malakasini oshirib borish;

aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish.

Mazkur hamkorlik aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishdan iboratdir.

Slide 1 of 2